Аholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.Аholini ro‘yxatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholining rasmiy hisobga olish bo‘lib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish hisoblanadi. Bu tadbir kishilar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish jarayonlarini, shuningdek demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma‘lumotlarni baholash, e‘lon qilish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. 

      

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.