27/03/2024

2024-yil yanvar-fevral oylari holatiga Qo‘qon shahrining chakana savdo aylanmasi hajmi 573,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 %ni tashkil etdi.

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 1 870,5 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 37,4 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 9,4 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 351,2 mlrd. so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 543,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.