2024-yil yanvar-fevral oylari holatiga Qo‘qon shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 761,9 mlrd. so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,3 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Moliya xizmatlari – 233,1 mlrd.
Transport xizmatlari – 179,4 mlrd.
Savdo xizmatlari – 132,1 mlrd.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 19,2 mlrd.
Ta’lim xizmatlari – 23,6 mlrd.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 10,0 mlrd.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 18,8 mlrd.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 14,9 mlrd.
Ijara xizmatlari – 18,5 mlrd.
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 21,0 mlrd.
Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 473,1 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari- 2 486,7 ming so‘m miqdorida qayd etildi.