30/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 24 528,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-oktabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,8 % ni tashkil etdi.

Shundan:
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 71,6 mlrd.
Ishlab chiqaradigan sanoat – 22 870,1 mlrd.
Elektr, gaz,bug‘ bilan ta’m-lash va havoni kon-lash – 1 394,2 mlrd.
Suv bilan ta’minlash, kan-siya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish - 192,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi.