Boshqarma boshlig'i birinchi o'rinbosarining funksional vazifalari
-Boshqarma boshlig’i yo’qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha raxbarlik qiladi;
-boshqarmaning barcha tarmoq, shaxar va tuman statistika bo’limlari tomonidan dasturlar bo’yicha bajariladigan statistika ishlari xajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to’g’risidagi statistik ma’lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yig’ilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o’z vaqtida bajarilishi, hisobot ko’rsatkichlarini tеzkorligi, xaqqoniyligi va xolisligini ta’minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
-boshqarmaning barcha tarmoq va xududiy statistika bo’limlari xalq xo’jaligidan qo’shimcha mablag’ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi
-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shaxar, tuman statistika bo’limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo’yicha boshqarma boshlig’iga takliflar kiritadi;
-biriktirilgan barcha bo’limlar faoliyatini xamda ulardagi statistik ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to’liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta’minlaydi
-biriktirilgan tarmoq ma’lumotlarini qonuniyligini o’rganib, tеgishli soxalar dasturlari va boshqa ma’lumotlarni tayyorlashda, muxokama yig’ilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma’lumotlarning javobgarligini o’z zimmasiga oladi;
-biriktirilgan shaxar, tuman statistika bo’limlari moliya-xo’jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta’minlash choralarini ko’radi;
-boshqarmada ko’rilayotgan ma’muriy jarimalarni imzolaydi xamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta’minlaydi;