Joriy yilning 3-iyul kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nurmatov ishtirok etib, so‘nggi kunlarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining charm-poyabzal sanoatini qo‘llab-quvvatlash hamda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qarorlari mazmuni, ushbu hujjatlar bilan joriy etilayotgan yangi tartib va imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish – uni oldini olish har birimizning burchimiz" mavzusida ma’ruza tinglanib, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan fikr almashildi.