Joriy yilning 31-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida boshqarma bosh yuriskonsult A. Nurmatov tomonidan hafta davomida qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar hamda statistika organlari faoliyatiga oid qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, 1161-son qonun mazmuni tushuntirilib, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari tufayli yetkazilgan zararni qoplashning yangi tartibi muhokama qilindi.
Shuningdek, 140-son farmon asosida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish, sohada raqamli boshqaruvni keng joriy etish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid yangiliklar haqida ma’lumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy sertifikatlashtirish tizimi va uning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bunday seminarlar xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirish, qonunchilikdagi yangiliklarni o‘z vaqtida o‘zlashtirish hamda ularni amaliy faoliyatda samarali qo‘llashga xizmat qiladi.





