Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligi va qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

 2026-yil 4-sentabr kuni tashkil etilgan seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatov tomonidan so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.



 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 174-son Farmon bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi, bojxona tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

 Shuningdek, , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 302-son qarorda belgilangan jamoat xavfsizligi sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid vazifalar muhokama qilindi.



 Seminar yakunida “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida ma’ruza tinglandi.

 Tadbir xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va qonunchilik talablariga rioya etish mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.