Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatov tomonidan so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Xususan, quyidagi hujjatlar muhokama qilindi:

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-oktabrdagi 542-son qarori — patent vakilligi institutini takomillashtirish, vakillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va guvohnomalar berishning yangi tartiblari;
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 557-son qarori — biznesni ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etish, uning maqsad va vazifalari hamda ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirish masalalari;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 24-sentabrdagi 106-son buyrug‘i — davlat tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi faoliyatini takomillashtirish.
Seminar yakunida xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunchilik talablariga rioya etish hamda yangi me’yorlarni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash muhimligi ta’kidlandi.

Axborot xizmati.



