Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatov yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda “Davlat xizmatchilari faoliyatida halollik va shaffoflik” mavzusida ma’ruza qildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-oktabrdagi PQ–371-son qarori asosida issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, energiya tejamkor “yashil” texnologiyalarni joriy etish hamda belgilangan shartlarga javob beruvchi xo‘jaliklarga elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizini subsidiyalash tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 557-son qarori doirasida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etish tartibi, uning maqsad va vazifalari yuzasidan ma’lumot berildi.



