2026-yil 23-oktabr kuni Furqat tumani hokimligida tashkil etilgan “Biznesni ro‘yxatga olish” shtabi a’zolari ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nurmatov yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda “Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq” mavzusida ma’ruza qildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 20-oktabrdagi O‘RQ–1183-son Qonuni bilan tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-oktabrdagi PQ–379-son qarori asosida uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish, pedagog va ta’lim oluvchilarni o‘quv yilida kamida bir marotaba psixologik diagnostikadan o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Seminar davomida korrupsiyaning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etish hamda xizmat faoliyatida halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.

Axborot xizmati.



