So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 1-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim mutaxassisi L.Omonovlar Farg‘ona tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar.

2023-yil yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyatida jami 3893,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 132,3 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 5,2 %, fizik hajm indeksi 130,2 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 325,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov tomonidan Uchko‘prik tumani yoshlar sport maktabi jamoasi ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-mart oyilari holatiga viloyat bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 286,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 38,2 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 10,6 % ga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 2 412,0 mlr.so‘mni tashkil etdi.

 Yurtimizda katta siyosiy jarayon, konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan referendum boʻlib oʻtmoqda.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, ichimliklar ishlab chiqarishining oziq-ovqat mahsulotlaridagi ulushi 1,8 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 54,9 % ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 19,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 28- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G.Mamajonov tomonidan Qo‘shtepa tumani “Mumtoz” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinganligi hamda raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2023-yil yanvar-mart oylarii holatiga Quvasoy shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 230 tani tashkil etib, ular tomonidan 50,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Quva tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Nazirboyev tomonidan Quva tumani  dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 31,9 % ga ko‘paydi va ishlab chiqarish hajmi 1095,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-aprel kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi a’zolari uchun tashkil etilgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari qatnashib, bugungi kunda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari qay tarzda olib borilayotganligi haqida so‘z yuritdilar.

2023-yil yanvar-mart oyilari holatiga viloyat bo‘yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 77,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Joriy yilning 27- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etil va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda mazkur bo‘lim mutaxassisi G‘. Mamajonovlar tomonidan  Toshloq tumani  “Arabmozor”  mahalla fuqarolar  yig‘inida raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar mahalla faollari bilan kelishib olindi.

2023-yil yanvar-mart holatiga Farg‘ona viloyatining norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 24,7 %ni tashkil etdi yoki 425,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 10,3 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 0,7 % ga kamaygan va ishlab chiqarish hajmi 651,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Farg‘ona tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Immatov tomonidan Farg‘ona tumanidagi chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.