18/04/2023

2023-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 42 309 tani tashkil etib, so‘ngi besh yil bilan solishtirilganda 32,6 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
 Oltiariq tumani – 2 274 ta
 Qo‘shtepa tumani – 1 441 ta
 Bag‘dod tumani – 1 686 ta
 Buvayda tumani – 1 926 ta
 Beshariq tumani – 1 549 ta
 Quva tumani – 1 991 ta
 Uchko‘prik tumani – 2 105 ta
 Rishton tumani – 1 693 ta
 So‘x tumani – 1 107 ta
 Toshloq tumani – 1 985 ta
 O‘zbekiston tumani – 1 991 ta
 Farg‘ona tumani – 1 894 ta
 Dang‘ara tumani – 2 047 ta
 Furqat tumani – 1 122 ta
 Yozyovon tumani – 999 ta
 Farg‘ona shahar – 6 815 ta
 Qo‘qon shahar – 4 574 ta
 Quvasoy shahar – 1 569 ta
 Marg‘ilon shahar – 3 541 ta