Joriy yilning 4-may kuni Oltiariq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i B.Siddiqov hamda bosh mutaxassisi E.Normatov tomonidan Oltiariq tumani, “Quvurboshi” MFY, “Sharq” ko‘chasi, 25-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro L.Akbarova xonadoni tankanma kuzatuviga tushgan. Kuzatuvdan maqsad, kuzatuv o'tkazilgan uylarning qurilishida foydalanilgan moddiy va mehnat resurslarini aniqlashdan iboratdir. So‘rovnoma asosida shakllangan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.