04/05/2023

2023–yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 40,7 ming tonna go‘sht (2022–yilning yanvar–martiga nisbatan 0,2 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 82,4 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.