2023-yil yanvar-mart oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 1412,1 mlrd.so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 36,3 %i o‘zlashtirilgan.