2023- yil yanvar-may oylarida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 mln. AQSH dollariga kamaydi. Ushbu tovarlarni Farg‘ona viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 74,3 mln. AQSH dollari (45,4 %), Turkiya — 11,7 mln. AQSH dollari (7,1 %) va Litva – 7,2 mln. AQSH dollari (4,4 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.