14/07/2023

Barchamizga ma’lum, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” OʻRQ-788-sonli qonunining 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabr kungi 595-sonli qarori bilan davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari belgilangan. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Farʻgona viloyati filialining 2023-yil 13- iyuldagi QW82500517-sonli koʻrsatmasiga binoan viloyatdagi boshqarma va tashkilotlarida mazkur mavzy boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda. Xususan, joriy yilning 14-iyul kuni  Fargʻona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi Kadrlar bʻlimi yetakchi mutaxassisi Yo. Gʻofforova soʻzga chiqib, ushbu qonun va qonunosti xujjatlarda davlat xizmatchilarini odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan vazifa va majburiyatlar aniq koʻrsatib qoʻyilganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berdi.

Axborot xizmati.