17/07/2023

2023-yil yanvar-may oylari holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 15,6 %ni tashkil etib, 📊2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 9,9 % punktga kamaydi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 📊2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 4,7 % punktga ko‘paydi, 56,5 % ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi esa 📊2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 5,2 % punktga ko‘paydi, 27,9 % ni tashkil etdi.