04/08/2023

Seminarni Farg‘ona viloyati boshqarmasi yuriskonsulti A.Nurmatov ochib, seminar qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 03-iyuldagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ–850-sonli yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilinganligi va unga ko‘ra, Qonun bilan raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanganligi, Qonunga ko‘ra, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanishi, monopoliyaga qarshi komplayens tushunchasi kiritilganligi, monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iboratligi, davlat xo‘jalik yurituvchi subektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalanish huquqlarini imtiyozli shartlar asosida berish hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida davlat yordamini berishi mumkinligi va boshqa shu kabi normalarga o‘zgartirishlar kirilganligi haqida keng va atroflicha ma’ruza qildi. Yig‘ilish so‘ngida seminar qatnachilari tomonidan ko‘rilgan masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi.