26/05/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga 311,6 mlrd so‘m miqdorida asosiy kapital investitsiyalari yo‘naltirildi.

 Mazkur davrda ushbu sohaga kiritilgan investitsiyalar viloyatda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapital investitsiyalarining 2,6 foizini tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

 Ushbu ko‘rsatkichlar viloyatda aholi salomatligini muhofaza qilish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom etayotganidan dalolat beradi.