27/09/2023

Joriy yilning 27- sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mahmudova hamda Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Yormatovlar tomonidan Uchko‘prik tumani dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirilib, joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.