18/10/2023

2023-yil 1-oktabr holatiga axborot va aloqa sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1506 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,9 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 903 ta
Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar – 235 taga

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish – 22 ta
Dasturlar yaratish boʻyicha faoliyat va telekoʻrsatuv va radioeshittirish – 25 ta
Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar – 226 ta
Noshirlik faoliyati – 100 ta
Aloqa - 455 ta
Axborot xizmati koʻrsatish sohasidagi faoliyat – 75 taga to‘g‘ri keldi.