26/10/2023

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023–yilning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 27210,5 mlrd. so‘mni yoki 2022–yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 26 852,8 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 246,6 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi 111,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 9,3 %ni tashkil etdi.