Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyatida xizmatlar eksporti hajmi 5,2 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 1,8 % ini tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 13,8 % ga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (36,8 %), safarlar (turizm) (25,0 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (19,4 %) va moliyaviy xizmatlar (18,7 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.