2023-yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 43 062 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qildi. Shundan xususiy korxonalar soni 8 221 tani tashkil qildi (ulushi 19,1 %).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Farg‘ona shahri – 1 289 ta
Marg‘ilon shahri – 645 ta
Bag‘dod tumani – 545 ta
Buvayda tumani – 542 ta
Quva tumani – 513 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 3 452 ta
sanoat sohasida – 1 623 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 667 ta
qurilish sohasida – 516 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 355 ta