30/07/2025

2025-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 44,9 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 105,8 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan poliz ekinlari umumiy hajmining eng yuqori ulushi Oltiariq tumani (12,4 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Qo‘shtepa (11,6 %), Quva (10,1 %), O‘zbekiston (7,5 %), Toshloq (7,1 %) tumanlarida qayd etildi.