17/11/2023

Joriy yilning 17-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan  “Vatanimiz bayrog‘i – muqaddas timsol” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Z.Qodirov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi, Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatishi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiganligi haqida so‘z yuritdi.