20/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Beshariq tumanining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 615,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 15,5 mlrd. so‘m
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 600,1 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi – 2 565,3 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 171,3 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 12,4 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi – 1,4 mlrd.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 268,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.