20/11/2023

Davlat statistika dasturiga asosan respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham 2023- yilning 4- choragida xizmatlar sohasida 4-(yat) - tanlanma so‘rovnoma o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 20- noyabr kuni Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Temirov tomonidan xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda olingan ma’lumotlar haqqoniy va sjhaffof holda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.