13/12/2023

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi I-toifali mutaxassisi G.Mamajonov tomonidan Uchko‘prik tumaniga qarashli 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda aholini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi, mamlakatni iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iborat ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi.