13/12/2023

Joriy yilning 13-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “A.Navoiy ‘” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari qanday ketayotganligi bilan tanishdilar. 

Mahalla faollari yordamida ko‘chalar nomi belgilari ilinganligi va uylarni raqamlashtirish kabi ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur bo‘mning I-toifali mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan aholini ro‘yxatga olishning mazmun va mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Chunonchi,  u aholini ro‘yxatga olish natijasida aholining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari hamda aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishi, migrasiya holati, mehnat resurslari kabi masalalarni hal qilinishida kelajakda manzilli dasturlar ishlab chiqilishi haqida so‘z yuritdi.

  Axborot xizmati.