13/12/2023

Joylarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi I-toifali mutaxassisi G.Mamajonov tomonidan Buvayda tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunida belgilangan vazifalarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda aholini ro‘yxatga olish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi .