09/01/2024

2023-yil 1-dekabr holatiga Rishton tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2314 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,8 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 1771 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar - 311 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 67 ta
Sanoat – 428 ta
Qurilish – 101 ta
Savdo – 462 ta
Tashish va saqlash – 44 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 151 ta
Axborot va aloqa – 34 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 41 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 443 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 458 ta
Xususiy korxonalar - 402 ta
Oilaviy korxonalar – 564 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 10 ta miqdorida qayd etildi.