17/01/2024

2024-yil 1-yanvar holatiga Beshariq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 215 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 1 525 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 282 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 79 ta
Sanoat – 225 ta
Qurilish – 84 ta
Savdoda – 525 ta
Tashish va saqlash – 54 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 67 ta
Axborot va alo – 25 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 55 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 411 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 676 ta
Xususiy korxonalar – 321 ta
Oilaviy korxonalar – 214 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 21 taga to‘g‘ri keldi.