17/01/2024

2024-yil 1-yanvar holatiga Uchko‘prik tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3 075 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,3 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 2 122 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 313 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 75 ta
Sanoat – 559 ta
Qurilish – 159 ta
Savdoda – 821 ta
Tashish va saqlash – 45 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 61 ta
Axborot va alo – 13 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 54 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 335 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 1 198 ta
Xususiy korxonalar – 413 ta
Oilaviy korxonalar – 242 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 27 taga to‘g‘ri keldi.