18/01/2024

2024-yil 1-yanvar holatiga Toshloq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 880 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,1 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 1 959 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 469 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 139 ta
Sanoat – 353 ta
Qurilish – 134 ta
Savdoda – 735 ta
Tashish va saqlash – 72 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 80 ta
Axborot va aloqa – 40 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 52 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 354 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 1 196 ta
Xususiy korxonalar – 347 ta
Oilaviy korxonalar - 172 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 11 taga to‘g‘ri keldi.