19/01/2024

Joriy yilning 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2024-yil 4-yanvardagi 1/2-07-16/3-3- sonli xatining ijrosini ta’minlash  maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” hamda “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limlari tomonidan shahar va tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimlar ishtirokida “1-kb va 1-fx- shakli yillik statistika hisobotlarini eStat-4.0 dasturi orqali qabul qilib olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. 

1-kb va 1-fx shakli (yillik) korxonaning faoliyati to‘g‘risidagi statistika hisobotlarining qamrovini to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshish kerakligi haqida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng statistika hisoboti satrlarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘gri, shaffof va haqonniy to‘ldirilganligini tekshirgan holda qabul qilish yuzasidan boshqarmaning tarmoq bo‘lim mutaxassislari slayd yordamida keng va atroflicha tushuntirib berildi.

 

Bundan tashqari boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan islohotlarning qay darajada natijadorligi statistik raqamlar orqali baholanishi, statistika sohasining bugungi kun talablariga mos kelishi, shahar va tuman statistika bo‘limlari aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, joylarda yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasini tuzish, chegara hududlarini aniqlash, raqamlarni belgilangan standartlarda tayyorlash, ko‘cha nomi belgilarini va raqamlanmagan uylarga raqamlarni ildirishda hamkorlikda ish tashkil etish zarurligi haqida alohida uqtirib o‘tildi.