22/01/2024

2024-yil 1-yanvar holatiga Farg‘ona shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 10 514 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 6 946 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 1 497ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 146 ta
Sanoat – 889 ta
Qurilish – 787 ta
Savdoda – 1 867 ta
Tashish va saqlash – 269 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 508 ta
Axborot va aloqa – 269 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 282 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 2 929 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 4 099 ta
Xususiy korxonalar – 1 251 ta
Oilaviy korxonalar - 490 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 165 taga to‘g‘ri keldi.