22/01/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 20 245,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 62,0%i yoki 12 550,5 mlrd. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 38,0% yoki 7 694,5 mlrd. so‘m moliyalashtirildi.

Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2022-yildagi ulushiga nibatan 3,1% punktga kamaydi, 12,0 %ni yoki 2 321,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 17 807,5 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 88,0 % o‘zlashtirilib, 2022- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,1% punktga ko‘paydi.