22/01/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 3187,6 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 15,7% ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 22,3 %i yoki 4506,8 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 5229,7 mlrd. so‘m bilan 25,8 %ni tashkil etdi, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 1060,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 5,2% ini tashkil etib, kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 3822,9 mlrd. so‘m bilan 19,0 %ni tashkil etdi.