22/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,2 % to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 3,3 punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 106,8 %ni tashkil etgan holda 5 558,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.