22/01/2024

2024-yil 1-yanvar holatiga Quvasoy shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 310 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,9 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 1 606 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 463 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 101 ta
Sanoat – 241 ta
Qurilish – 99 ta
Savdoda – 641 ta
Tashish va saqlash – 74 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 79 ta
Axborot va aloqa – 20 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 16 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 335 ta

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 864 ta
Xususiy korxonalar – 273 ta
Oilaviy korxonalar - 261 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 33 taga to‘g‘ri keldi.