Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023–yilning yanvar–dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 39 421,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2022–yilning mos davriga nisbatan 103,9 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 38 776,2 mlrd. so‘mni
O‘rmon xo‘jaligi – 400,9 mlrd. so‘mni
Baliqchilik xo‘jaligi – 244,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 9,3 %ni tashkil etdi.