23/01/2024

Joriy yilning 23-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov tomonidan Farg‘ona shahriga qarashli “A.Qodiriy” mahalla fuqarolar yig‘inida xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, ya’ni raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.