2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Buvayda tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 323,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,4 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 22,6 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 184,9 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 115,9 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 257,8 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 323,5 ming so‘m.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 213,5 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish –98,4 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 11,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.