25/01/2024

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yil amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining xotin-qizlari ishtirok etdi.

 

Tadbirni Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjan Muratovich bugungi kunda oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, statistika tizimida xotin-qizlarning o‘rni va yutuqlari xaqidagi nutqi bilan ochib berdi.