29/01/2024

Joriy yilning 29-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi kasb-hunar maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berildi.