30/01/2024

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Beshariq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 158,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 8,0 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 82,9 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 67,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 88,6 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 659,9 ming so‘m.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 126,1 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish –27,8 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 4,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.