30/01/2024

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Uchko‘prik tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 285,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,0 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 0,5 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 231,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 53,7 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 179,0 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 195,9 ming so‘m.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 153,8 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 118,4 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 13,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.